2024-yilda Toshkentda ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha narxi 1,8% — kv. m uchun 1190 dollargacha pasaydi (2023-yilda — 30% o‘sish), yer esa 2,9% arzonladi — sotixiga 352 mln so‘m. Avvalroq MB ehtimoliy narx korreksiyasidan ogohlantirgandi. O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar soni 2,2% kamaydi.
Toshkentda ko‘p qavatli uy-joy qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiya daromadliligi tushib bormoqda. Fevral oyida ko‘chmas mulkka investitsiyalarning rentabelligi o‘rtacha 32,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, oktabr oyida u 12,2 foizga tushdi, deya qayd etadi MHTI.
O‘zbekistonda 2024-yil ilk yarmida uy-joy narxi yuqoriligicha qolmoqda — uning bozor narxi fundamental (“obyektiv”) narxdan 28% yuqori, deya qayd etadi MB. Narxlar ish haqiga nisbatan 1,8 baravar tezroq o‘smoqda va bu kelajakda narxlarning pasayishi xavfidan dalolat beradi, deb hisoblaydi regulyator.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,1%ga — 11,7 trln so‘mga, oluvchilar soni esa qariyb 20%ga kamaydi. Shuningdek, ajratilayotgan ipotekalarning o‘rtacha miqdori 19,9%ga — 274 mln so‘mga, banklarning foiz stavkalari esa 23,8%dan 25%ga oshdi.
Sentabr oyida ham O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik pasaydi. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozori o‘rtacha narxlarida pasayishi kuzatilmoqda. Poytaxt ijara narxlarida barqaror tendensiya kuzatilmoqda.
Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdi bitimlari soni oy davomida 3,5 foizga, yil davomida esa 20,8 foizga kamaydi. Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlari ikki oylik pasayishdan keyin o‘sishni boshladi. Poytaxtda ikkilamchi xonadon narxi o‘rtacha 1 kv metr uchun 1128 dollarni tashkil qildi.
MB aprel-iyun oylarida uy-joy sotuvi bo‘yicha shartnomalar sonining qisqarishini “bozordagi vaziyatning barqarorlashuvi” bilan bog‘ladi. Regulyatorning fikricha, uy-joy savdosi va ijarasi narxlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi tafovutning oshishi sotib olish va sotish narxlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.
May oyida O‘zbekistonda 21,6 mingta uy-joy sotildi, bu aprel oyiga nisbatan 9 foizga ko‘proq hisoblanadi. Ikki oylik o‘sishga qaramay, faollik darajasi hali ham bir yil oldingi darajadan past bo‘lib qolmoqda.
Birinchi chorakda ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishi sekinlashdi, lekin birlamchi bozorda yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib qoldi, deya xabar berdi Markaziy bank. Mamlakat bo‘ylab ijara narxi (dollarda) biroz oshdi (+1,4 foiz), Toshkentda esa 9,2 foizga pasaydi. Poytaxtda yer narxi sotixiga 364 mln so‘mga yetdi.
Toshkentdagi uy-joylarning ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxi bir yilda deyarli 20 foizga oshdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotida. Yanvarda ikkilamchi uy-joylar o‘rtacha narxi kvadrat metri uchun 1122 dollarni tashkil etdi. Bektemir, Sergeli va Yashnobodda narxlar biroz oshdi.
Toshkentda yangi kvartiralar narxi 1 kv. metrga 25 mln so‘mga yetdi va kadastri yo‘q uyga ipoteka berilmaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident Ipotekani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish va aholining uy-joy qurilishida ulushdor sifatida ishtirokini tartibga solish bo‘yicha topshiriq berdi.
Toshkent shahrida “pufak indeksi” uy-joy narxlari pufak xavfi chegarasiga yaqinlashib borayotganini ko‘rsatmoqda, deyiladi MHTI hisobotida. Poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan 2 xonali kvartira sotib olish uchun kerak bo‘ladigan vaqt 10 yilgacha yetgan (o‘rtacha ish haqiga nisbatan).
Noyabr oyida Toshkentda uy ijarasining o‘rtacha narxi 2,1 foizga pasayib, kvadrat metri uchun 9,3 dollarni tashkil etdi, deya ma’lum qildi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. Poytaxtning 10 ta tumanida ijara narxi tushgan, bunda eng arzon hududlar Sergeli va Bektemir bo‘lib turibdi.
O‘zbekistonda uy-joy narxining o‘sishi tezlashdi, deyiladi MB sharhida. Ikkilamchi uylar narxi yillik hisobda 27,2 foizga, yangi uylarniki 21 foizga oshdi. Talab asosan ipoteka kreditlari hisobiga ortmoqda. Toshkentda yer uchastkalari narxi sotixiga 282 mln, uy-joylar narxi kvadratiga 11,3 mln so‘mgacha yetdi.
Toshkentda 2022-yil iyul oyiga nisbatan uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi. Shuningdek, poytaxtda kvartiralarni ijaraga berish narxining pasayishi sezilarli darajada sekinlashdi. Avgust-sentabrda talabalarning poytaxtga qaytishi bilan talab oshishi va ushbu segmentga qiziqish ortishi aytilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting